Professional ta’limni rivojlantirish insitutda 2024 yil 9 oktabr kuni “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi (grant) rahbari – Simona Strasburger va xalqaro ekspert Bastian Bauman bilan professional ta’lim sifatini yaxshilash oshirish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda xorijiy hamkorlarga Institut direktori Z.Xudayberdiev bugungi kunda professional ta’lim tizimida olib borilayotga ishlar xususan, yaratilgan ta’lim dasturlari, rahbar va pedagoglar malakasini oshirish va dual ta’lim tizimi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Loyiha rahbari Simona Strasburger va ekspert Bastian Baumanlar Institut bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarni yuqori baholab, bugungi kundagi professional ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari hamda kelgusida ta’limning sifat kafolati bo‘yicha yanada hamkorlik ishlarni rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.
185