News

International scientific-practical conference on the topic "PROBLEMS AND SOLUTIONS OF CREATING A NEW IMAGE OF PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS AND RAISING PERSONNEL TRAINING TO A QUALITY LEVEL ON THE BASIS OF INTERNATIONAL EXPERIENCES"

AXBOROT XATI

 

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2024-yil 9-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da boshlanadi.

Anjuman ishtirokchilarini ro‘yxatga olish:  09:00-10:00.

Anjuman boshlanishi:  10:00.

Shoʻbalar 11:40 da.

 

Anjuman jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

 

1-shoʻba. Xalqaro tajribalar asosida professional ta’lim muassasalarini rivojlantirish strategiyasi;

2-shoʻba. Professional ta’lim tizimida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash va dual ta’limni  rivojlantirish masalalari;

3-shoʻba. Professional ta’lim tizimida rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanish sohasida muammo va yechimlar;

4-shoʻba. Oʻquvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash orqali qambagʻallikni qisqartirish masalalari;

5-shoʻba. Ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish istiqbollari.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini

rasmiylashtirish tartibi:

  1. Maqola hajmi 3 betdan 5 betgacha, 1,5 intervalda (chapdan 3 sm, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297mm), Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftda. Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, ish joyi, telefon raqami, elektron pochta manzili kursiv holatda yoziladi.
  2. Maqola ichidagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar  ro‘yxati foydalanish ketma-ketligi bo‘yicha yozilishi kerak.
  3. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
  4. Maqola faylini nomlashda shoʻba raqami va muallif familiyasi yoziladi. (Masalan: 4.Uralov S.doc)
  5. Anjuman materiallari 2024-yil 1-noyabr kuniga qadar https://t.me/ptri_konferensiya1 telegram manzili orqali qabul qilinadi.

Maqola berish mutlaqo bepul.

Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, ilmiy yondashilmagan va professional ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy gʻoya hamda fikr-mulohazalar singdirilmagan maqolalar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga  qaytarilmaydi. Faqat tahrir hay’ati tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning maqola va tezislari chop etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 96-uy, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, 2-qavat. “Innovatsion loyihalar, fan va ta'lim texnologiyalari transferi” bo‘limi

Tel: +998959552901, +998998644988.  T-me guruh: @PTRI_konferensiya

 

Namuna:

Ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ish joyida kasbiy faoliyatga tayyorlash muammolari

Uralov Sirojiddin Axmadaliyevich

Professional ta’limni rivojlantirish instituti katta oʻqituvchisi

(+998959552901, usammm@mail.ru)

 

Annotatsiya: matn.

Kalit so‘zlar: matn.

MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Xodjaboyev A.R., Xusanov I.A. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. - T.: ”Fan va texnologiya”, 2007. - 192 b.

211