News

The experiences of the DARYA project on using SCAFFOLD tools are being introduced into the educational processes of the training system.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari IChTBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut xodimi B.Haydarov tomonidan olib borildi.

Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi.  Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.

274