Rossiya Federatsiyasi IRPO bilan tuzilgan xalqaro xamkorlik shartnomasi doirasida 2024 yil 18 iyul kuni “Professional ta’limni raqamlashtirish” mavzusida onlayn vebinar o‘tkazildi. Vebinarda Professional ta’limni rivojlantirish instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari boshqarma boshlig‘i, Raqamli ta’lim kontetntlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i, Professional ta’limini raqamlashtirish laboratoriyasi bo‘lim boshlig‘i, Professional ta’limni rivojlantirish instituti metodistlari, hamda Xorazm viloyati Xonqa 1-sonli kasb-hunar maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, seminarda Rossiya Federatsiyasi IRPO metodist va halqaro bo‘lim xodimlari bilan birgalikda Novosibirsk kimyo-texnologiya kolleji direktori, Rossiya o‘rta maxsus o‘quv yurtlari direktorlari ittifoqi vitseprezidenti hamda Krasnodar shahrining Armavir yuridik kolleji qo‘shimcha ta’lim va kasbiy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i, “Bilim” rus jamiyati Armavir mahalliy bo‘limi raisi, pedagogika fanlari nomzodi, o‘rta kasb-hunar ta’limining faxriy xodimlari professional ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan almashdilar.
Vebinar natijasida Professional ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘tarildi,”Qishloq xo‘jalagi sohasi, avtotransport sohasi, kimyo texnologiyalar sohasidagi kasb-mutaxassisliklar uchun raqamli dasturlarni ishlab chiqish, kontentlar yaratish, ko‘rgazmali imtihonlarni onlayn formatida o‘tkazish va boshqa jarayonlar bo‘yicha raqamlashtirishni amalga oshirish rejalashtirildi.
305