News

VET4UZ loyihasi

Professional ta'limni rivojlantirish instituti ilmiy kengashi loyiha rahbari - doktor Gabriela Damian-Timoshenkoni kasbiy ta'limni isloh qilishga qo‘shgan hissasi, ta'lim va mehnat bozori o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi, hamda O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida kasbiy ta'lim sohasida ilg‘or tajriba almashishni yo‘lga qo‘yganligi uchun "Professional ta'limni rivojlantirish instituti faxriy professori" unvoni bilan taqdirladi.

Doktor Gabriela o‘zining uzoq muddatli professional va ilmiy faoliyati davomida nafaqat O‘zbekistonda, balki Ruminiya, Ukraina, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Livan, Kuvayt, Myanma va Albaniya kabi ko‘plab boshqa mamlakatlarda ham kasbiy ta'limni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Shuningdek, u o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqish, kasbiy standartlar, ish joyida o‘qitish metodologiyalari, iqlim o‘zgarishiga chidamlilik va boshqalar bilan bog‘liq 10 dan ortiq xalqaro ilmiy nashrlar muallifi hisoblanadi.

VET4UZ loyihasi doirasida unga CEMETS, SFUVET, EHL, Lyusern Oliy maktabi va DC DVET kabi bir qator Shveytsariya tashkilotlari bilan O‘zbekistonda kasbiy ta'lim islohoti bo‘yicha barqaror muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi.

399