News

2024 yil 10 iyun kuni Professional ta’lim tizimida fan-ta’lim - ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish muammo va yechimlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazishdan maqsad:  professional ta’lim tizimida ilg'or xorijiy tajribalar asosida fan-ta’lim -ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlagan holda ta'lim dasturlarini doimiy takomillashtirish va amaliyotga joriy etish mexanizmlarining ilmiy asoslarini tahlil qilish.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya sho‘balari:

1-sho‘ba: Professional ta’lim tizimida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalari;

2-sho‘ba. Professional ta’lim tizimini rahbar va pedagog kadrlar salohiyatini yanada oshirish orqali professional ta’lim muassasalarini zamonaviy qiyofasini (imidjini) yaratish; 

3-sho‘ba: Professional ta’lim tizimida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashda dual ta’limda o‘qitish ko‘lamini rivojlantirish;

4-sho‘ba: Ta’lim dasturlarini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, yoshlarda zaruriy bo‘lgan shaxsiy fazilatlar (soft skills) va yashil ko‘nikmalar (Green skills)ni shakllantirishni rivojlantirish

5-sho‘ba. Professional ta’limda inklyuzivlik, gender tenglik, raqamlashtirish va ekotizim masalalari

Respublika ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilar: taniqli olimlar, mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar,  ilmiy-tadqiqotchi va izlanuvchilar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlar qatnashishdi.

370