News

“Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya

Ilmiy-amaliy konferensiya “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” nomli innovatsion loyiha doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar: xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 18-may kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida o‘tkaziladi.

Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:

        1 - sho‘ba: Metallurgiya sohasida kadrlar tayyorlash.

        2 - sho‘ba: Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash.

        3 - sho‘ba: Qurilish sohasida kadrlar tayyorlash.

        4 - sho‘ba: Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash.

        5 - sho‘ba: Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning ta’lim texnologiyalari.

Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, ingliz va rus tillari.

Maqola hajmi 3-5 bet, elektron variantda 2024-yil 15 may sanasiga qadar tahrirdan o‘tkazilib, tashkiliy qo‘mitaga jo‘natilishi lozim.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.

Konferensiyaning ilmiy maqolalari to‘plami elektron va bosma shaklda chop etiladi.

Maqolalar 2024-yil 15-maygacha pedagoginnovatsiyalar@edu.uz

elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Ilova
315