Joriy yilning 16-aprel sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda German Sparkassenstiftung for Internetional Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida “Master-trenerlarni sertifikatlashdan (attestatsiyadan) o‘tkazish” seminari o‘z ishini boshladi.
Ushbu sertifikatlash seminari Germaniya metodikasi asosida “Jamgʻarish” va “Mikro biznes” simulyatsiya modullarining yakuniy sinovlari bo‘lib, mazkur seminarning maqsadi, o‘qitilgan modullar bo‘yicha muvaffaqiyat darajasini aniqlash, xususan professional ta’limi muassasalarining 750 nafar o‘qituvchisida olingan bilimlarni mamlakat bo‘ylab yoyish uchun yuqori sifatni ta’minlashdir.
“Master-trenerlarni sertifikatlashdan (attestatsiyadan) o‘tkazish” seminari halqaro ekspert Natasha Mundinger va Nargiza Iskakova xonimlar tomonidan o‘tkazilmoqda.
“Master-trenerlarni sertifikatlashdan (attestatsiyadan) o‘tkazish” seminari vazirlik hududiy boshqarmalari ma’sul xodimlari va professional ta’lim muassasalaridagi “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu seminar ikkita guruhda jami 53 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Birinchi guruh ishtirokchilari uchun 16-20.04.2024 kunlari tashkil etildi, ikkinchi guruh ishtirokchilari uchun esa 22-26.04.2024 sanasigacha o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatma, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda German Sparkassenstiftung for Internetional Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida 2023 yilning fevral oyidan bugungi kunga qadar, jami 39 nafar professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini master-trenerlar hamda 14 nafar vazirlik hududiy boshqarmalari ma’sul xodimlarini koordinatorlar tayyorlashga qaratilgan jami 7 ta o‘quv-tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
340