News

Temir yo‘l sohasi bo‘yicha hamkorlik ishlari.

Joriy yilning 26 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (PTRI) bilan tuzilgan xalqaro hamkorlik shartnomasiga asosan “Temir yo‘l transporti sohalarida modulli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish texnologiyalari” mavzusida onlayn vebinar o‘tkazildi. Vebinarda  Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbar va xodimlari hamda Toshkent temir yo‘l texnikumining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda Toshkent temir yo‘l texnikumi va Rossiya Federatsiyasining temir yo‘l sohasidagi ta’lim muassasaslari o‘rtasida yangi modulli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va  joriy etish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikrlar alamashindi va kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

203