Joriy yilning 19-23-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va German Sparkassenstiftung for Internetional Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari va professional ta’lim muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha 6 ta o‘quv chora-tadbirlarining yakuniy o‘quv moduli o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv seminar xalqaro ekspert Chigdem Eren Kiziroglu xonim tomonidan Oliy ta’lim, van va innovatsiyalar hududiy boshqarmalari xodimlari va professional ta’lim muassasalarining “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilariga “Marketing va brending” mavzusi bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari o‘z ishini boshladi. Unda marketing va marketing asoslari, marketing aralashmasi: “4P” va “7P” modellari, brend va brendning o‘ziga xosligi, marketing strategiyasi, maqsadli auditoriyani aniqlash, bozor tadqiqotlari va raqobat tahlili, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish va boshqa mavzular qamrab olingan.
195