News

Dual ta’limi rivojlantirish tamoyillari va uni professional ta’lim muassasalarida joriy qilish strategiyasi

2024-yil 21-fevral kuni Germaniyalik mutaxassis, CIM eksperti, GIZ tashkiloti tasarrufidagi Professional ta’limni rivojlantirish instiutiga biriktirilgan mutaxassis Kurt Gerard tomonidan “Dual ta’limi rivojlantirish tamoyillari va uni professional ta’lim muassasalarida joriy qilish strategiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda ma’ruzachi tomonidan Dual ta’limda ishtirok etuvchi va ish beruvchi uchun motivatsiya, imtiyozlar va afzalliklari. Ishga yо‘naltirilgan talabalar amaliyoti, ixtiyoriy ta’til amaliyoti, tartibga solingan amaliyot-mutaxassis amaliyoti, doimiy amaliyot kunlari haqida tushunchalar berdi.

Mazkur seminar-treningda Professional ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga jalb qilingan professional ta’lim muassasasi direktorlari, ishlab chiqarish ta’limi bо‘yicha hamda о‘quv ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir о‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

249