News

Kafedra mudirlari hamda kafedralar bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning bо‘sh lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI
ROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI

Kafedra mudirlari hamda kafedralar bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning bо‘sh lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

2024 yil 12 fevral

Kafedra nomi

Lavozimlar:

Kafedra mudiri

professor

dotsent

katta о‘qituvchi

1.

Ta’limda boshqaruv kafedrasi

-

0,25

0,75

0

2.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari kafedrasi

1

0,25

0,75

0,75

3.

Personalni boshqarish kafedrasi

1

0,5

1,5

0

Jami:

2

1

3

0,75

 

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  1. Institut direktori nomiga ariza.
  2. Kadrlarni xisobga olish bо‘yicha shaxsiy varaqa.
  3. Oliy ma’lumoti tо‘g‘risidagi diplom (magistr,diplomli mutaxassis) ilmiy daraja, ilmiy unvon haqida diplom nusxalari.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Ilmiy ishlar rо‘yxati (ilmiy kotib tomonidan tasdiqlangan holda)
  6. Malaka oshirganligi tо‘g‘risida guvohnoma nusxasi.
  7. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.

Lavozimga qо‘yiladigan malaka talablar.

Kafedra mudiri – professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bо‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga hamda kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bо‘lish kerak.

Professor professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bо‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bо‘lgan yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bо‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bо‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bо‘lish, ushbu kafedralarning ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari muallifi bо‘lishi kerak bо‘ladi.

Dotsent – fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bо‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) dotsentlik ilmiy darajasiga hamda tegishli kafedra yо‘nalishi bо‘yicha 3 yil amaliy stajga ega bо‘lishi kerak bо‘ladi.

Katta о‘qituvchi – oliy ma’lumotli (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bо‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bо‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bо‘lmagan, biroq tegishli kafedralar yо‘nalishi bо‘yicha о‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega bо‘lishi kerak bо‘ladi.

Murojaat uchun manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani,
Chimboy 2, 96-uy. Tel: (71) 246-90-49, 246-90-37, 227-12-88 veb-sayt: ipitvet.uz

345