News

Professional ta’lim muaasasalari uchun onlayn o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil etildi

2024-yilning 5–8-fevral kunlari Professional ta’limni rivojlatirish instituti mutaxassislari tomonidan “О‘qitish materiallar tо‘plamlari, raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish” mavzusida onlayn о‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

О‘quv-uslubiy seminarda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlardagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarma mutaxassislari hamda ta’lim muassasalarining rahbar va pedagoglari jami ishtirok etishdi. 4 kun davom etgan onlayn о‘quv-uslubiy seminarda 778 nafar mutaxassislar qatnashdi.

О‘quv-uslubiy seminar davomida 2022-2023 yillar davomida yaratilgan va ommalashtirilgan о‘qitish materiallar tо‘plamlari hamda raqamli ta’lim resurlarini ishlab chiqish yuzasidan tahlil natijalari asosida muhokama bо‘lib о‘tdi. Qatnashchilar seminarda o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javob oldilar. Metodik ta’minlash borasida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

213