News

“German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikdagi o‘quv-seminarlar davom etmoqda

Joriy yilning 23–26-yanvar kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv-seminar Germaniyalik ekspert Elena Thie xonim tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarma xodimlari va professional ta’lim muassasalarining biznes asoslari fani o‘qituvchilariga “Monitoring va trenerlar vazifalari” mavzusi boʻyicha tashkil etilib, ushbu o‘quv-seminarda monitoring va uning vazifalari, monitoringni tashkil etish mexanizmlari, o‘quv jarayonlarni tashkil etishda monitoring o‘tkazish yo‘llari kabi mavzular qamrab olingan.

Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarlar bo‘lajak trenerlar tomоnidan o‘quv jarayonlarini monitoringini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar orqali tashkil etilmoqda.

208