News

“Tadbirkorlik kо‘nikmalarini rivojlantirish” treningi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan.

Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi.

Joriy yilning 20–22-dekabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Milan Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Tadbirkorlik kо‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida trening tashkil qilindi. Treningda uchun professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 20 nafar pedagog va mutaxassislar qatnashdi.

Trening davomida qatnashchilar:

  • Katta yoshdagilarni о‘qitishning о‘ziga xosligi. Andragogika asoslari. Formal va noformal о‘qish;
  • Hard skills va soft skills. Biznesga о‘qitishda ularning ahamiyati;
  • Tadbirkorlik faoliyati asoslari va о‘ziga xosligi;
  • Biznes g‘oya tanlash usullari;
  • Biznesni rо‘yxatdan о‘tkazishning yuridik shakllari;
  • Bozorni о‘rganish va marketing usullari;
  • Biznes reja nima va uning tarkibiy qismi bо‘yicha kо‘nikmalar hosil qildilar.

260