2022-yil 18-iyul kuni soat 10:00 va 12:00 da Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy seminarda quyidagi erkin tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
1. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti erkin tadqiqotchisi Begimqulova Viloyat Qalandarovnaning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, professor S.Yu.Ashurova
Taqrizchilar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dos. N.N.Karimova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dos. Sh.H.Pozilova
2. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti Yusupova Kamola Nuriddinovnaning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika kollejlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Sh.E.Qurbonov
Ilmiy maslahatchi: pedagogika fanlari nomzodi, professor S.Yu.Ashurova
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor D.O.Ximmataliyev pedagogika fanlari doktori (DsC), dos. B.B.Ergashev