Sirojiddinova Nodira Rivojiddinovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi to‘g‘risida
2023 yil “30”mart kuni soat 10:00 da Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengashda quyidagi izlanuvchining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi Sirojiddinova Nodira Rivojiddinovnaning “Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna pedagogika fanlari nomzodi, professor
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna pedagogika fanlari doktori, professor Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor