Siddiqova Sadoqat G‘afforovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi
2023-yil 16-mart kuni soat 1000 da Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengashda quyidagi izlanuvchining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
Siddiqova Sadoqat G‘afforovnaning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Professional ta’limda maxsus fanlardan elektron ta’lim resurslarining yangi avlodini yaratish va amalda tatbiq etish metodikasi (“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Djurayev Risboy Haydarovich pedagogika fanlari doktori, akademik.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Beknazarova Saida Safibullayevna texnika fanlari doktori, professor