Sarmanov Obid Baxodirovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
2022-yil 19-noyabr kuni soat 1000 da Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli
Ilmiy kengashda quyidagi izlanuvchining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
1. Sarmanov Obid Baxodirovichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich iqtidodiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor
Qo‘ysinov Odil Almurotovich pedagogika fanlari doktori, professor.