PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI TANLOV E’LON QILADI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI HUZURIDAGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Direktorning professional ta’limni rejalashtirish va rivojlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari, “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “Personalni boshqarish” kafedra mudirlari lavozimlarini egallashga
TANLOV E’LON QILADI
Direktorning professional ta’limni rejalashtirish va rivojlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari - ilmiy daraja yoki unvon yoki nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olgan tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega hamda kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish staji, professional ta’lim sohasi boshqaruv organlarida 3 yildan kam bo‘lmagan rahbarlik lavozimlarida ish stajga ega bo‘lish kerak.
professional ta’lim tizimi normativ-huquqiy hujjatlarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tashkil etish masalalari va rivojlanishiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, uslubiy nazoratni tashkil etishni, davlat ta’lim standartlari, davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa o‘quv-metodik hujjatlar mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etishning zamonaviy yo‘llarini;
ilmiy-tadqiqot jarayonini, ilmiy-metodik ishlar ustidan rahbarlikni amalga oshirishni, xorijiy tillardan birining bilishini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishnibilishi lozim.
Kafedra mudiri - professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga hamda kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish kerak
Murojaat uchun manzil:100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 76-uy.