Prezident bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun ko‘plab tashabbuslarni bildirdi. Avvalo, mamlakatimiz yoshlaridagi ilmga intilish va intellektual salohiyatni inobatga olib, “Zakovat” o‘yinlari ommaviy ma’rifiy harakatga aylantiriladi.
Harakatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Toshkentda alohida bino va Intellektual o‘yinlar shaharchasi barpo etiladi.
“Zahmatli mehnati orqali orzu-umidlari ushalgan inson – eng baxtli insondir. Shuning uchun doimo balandlarga intiling, ezgu maqsadingiz uchun kurashing. Doimo o‘qing-o‘rganing, o‘zingizga ishoning, kashfiyotlar qiling, yangiliklar yarating, oldinga dadil qadam tashlang”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori va kasaba uyushmasi boshchiligida “Ustoz va murabbiylar”kuni munosabati bilan joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 16:00 da intiluvchan va bilimdon xodimlaro‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkaziladi.
O‘yinda 1 ta jamoada 5 kishi ishtirok etishadi. Ishtirokchilar yoshi va jamoalar soni chegaralanmagan. G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
“Zakovat” ommaviy ma’rifiy harakatiga qo‘shilling!