Namangan viloyatidagi navbatdagi shoʻba yigʻilishi ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va katta ustalar uchun oʻtkazildi
Shu kunlarda Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, professional taʼlim muassasalari rahbari, oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan oʻquv-me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida joylarda "OʻZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ" shiori ostida Avgust seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi shoʻba yigʻilishining dastlabkisi Chortoq tumani 1-son kasb-hunar maktabida 17-sho‘ba: Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va katta ustalar uchun bo‘lib o‘tdi.
Unda 2022-2023-oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, professional taʼlim muassasalari rahbari, oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan oʻquv-me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilayotgan Avgust seminari professional taʼlim tizimida taym menejmenti, WorldSkills standartlari, dual taʼlim kompetensiyaga asoslangan taʼlim, kasbga oʻqitish va malaka oshirishda raqamli taʼlim texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy qilishga alohida eʼtibor qaratgan holda tashkil etildi. Seminarda, shuningdek, yangi kiritilgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinovning birinchi bosqich natijalari asosida takomillashtirilgan malaka talablari va oʻquv rejalari muhokama qilindi.
Keyslar, taym menejmenti, taʼlim sifatini taʼminlash, taʼlim xizmatlarini tijoratlashtirish, samarali kasbga yoʻnaltirish strategiyalari boʻyicha xalqaro tajribalar, xorijiy loyihalarning xulosalari va tavsiyalari hamda pedagog kadrlarning faoliyat samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan taqdimotlar asosida oʻtkazilgan seminar jarayonida dual taʼlim joriy etilgan professional taʼlim muassasalari va hamkor tashkilotlar bilan dual taʼlim prinsiplarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ommalashtirilib, oʻzaro tajriba almashindi.
Seminar mashgʻuloti namunaviy dasturga binoan tashkil etildi va yangi innovatsion texnologiyalar boʻyicha yaratilgan elektron oʻquv uslubiy ishlanmalar, oʻqitish materiallari toʻplamlari hamda taqdimotlardan keng foydalanildi.