Pedagogik innovatsiyalar institutida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyihasi muhokama qilindi
Joriy yilning 22-iyul sanasida Pedagogik innovatsiyalar institutida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladigan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini ishlab chiqish jarayoni loyiha ekspertlari va institut mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi.
Seminarda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari hamda Pedagogik innovatsiyalar instituti rahbar va mutaxassis xodimlari ishtirok etishdi.