Yangiliklar

Professional taʼlim Germaniya hamkorligida takomillashtiriladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova bilan Germaniyaning Turingiya Federal hududining MDHdagi vakolatli vakili Guzel Shayxullina bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda dastlab, vazir oʻrinbosari professional taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimni rivojlantirish borasida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, Germaniyaning professional va dual taʼlim sohalaridagi boy tajribani oʻrganish zarurligini bildirdi.

Turingiya Federal hududining MDHdagi vakolatli vakili professional taʼlim sohasi juda muhim soha ekanini ta’kidlab, Erfutsk taʼlim markazi boʻyicha qisqa taqdimot qildi. Unda u yerdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek tez kunda Erfutsk taʼlim markazi boʻyicha onlayn konferensiya boʻlib o'tishini aytib o'tdi.

Uchrashuv yakunida Guzel Shayxullina oʻz minnatdorchiligini bildirib, oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va ta'lim sifatini rivojlantirish masalasi yuzasidan oʻz fikrlarini bayon qildi.

Manba: edu.uz

486