Yangiliklar

Pedagogika sohasida yetuk olim, fan doktori, professor Kurbanov Shavkat Ergashevich 71 yoshida vafot etdi

Pedagogik innovatsiyalar instituti jamoasi va doktorantlari, Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limi boshlig‘i, Personalni boshqarish kafedarasi professori, institut huzuridagi ilmiy kengash raisi pedagogika fanlari doktori, professor Kurbanov Shavkat Ergashevichning vafoti munosabati bilan uning oila azolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Kurbanov Shavkat Ergashevich 1951-yil 16-noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

Shavkat Ergashevich 1974-yil Toshkent politexnika institutining muxandis-mexanik mutaxassisligini tugatgan.

1974-yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi ilmiy tekshirish institutida boshlab, 1986-yilgacha turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shavkat Ergashevich 1986-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi vazifasini bajargan.

2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

2006-2018 yillarda Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti direktori, 2019-yildan innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limi boshlig‘i, Personalni boshqarish kafedarasi professori, institut huzuridagi ilmiy kengash raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Sh.Kurbanovning olim, yetuk mutaxassis sifatidagi ilmiy faoliyati nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyatda ham munosib e’tirof etilgan. U pedagogikaning bir qancha muhim yo‘nalishlarida o‘ziga xos maktab yaratgan.

Kurbanov Shavkat Ergashevichning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.

Institut jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

372