Institutning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 12-maydagi 222-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga hamda Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq navbatdagi Namunaviy ochiq dars joriy yilning 25-aprel kuni soat 12:00 da “Ta’limda boshqaruv” kafedrasining dotsenti X.Xakimjonova tomonidan “Professional ta’lim muassasalarida katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish” mavzusida tashkil etildi.
Namunaviy ochiq darsda Institut direktor o‘rinbosari A.Jalalov, bo‘lim boshlig‘i F.Masavirov, bosh mutaxassislar Sh.Usanov, X.Sultanova, kafedra mudirlari F.Mamarasulov, B.Shoyqulov, katta o‘qituvchilar Sh.Karimova, N.Karimova, G.Kadirovalar ishtirok etdilar. Namunaviy dars ijodkorlik va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.