Joriy yilning 18-aprel kuni “Pedagogik innovatsiyalar institutda ilmiy tadqiqot mavzularini shakllantirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bosqichlari va uni amalga oshirish yo‘llari” mavzusidagi tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot mavzularini shakllantirish jihatlariga alohida e’tibor berildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad: ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarga ilmiy faoliyatlarini rejalashtirishga oid bilimlar berish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bosqichlari va uni amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha malakalarni rivojlantirishdan iborat.
Seminarda so‘zga chiqqan institut direktori iqtisod fanlari doktori, professor Z.Xudayberdiyev professional ta’limni rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot mavzularini shakllantirishda nimalarga alohida e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, seminarda ilmiy tadqiqotchilar bilan professional ta’lim sohasida, xususan, malaka oshirish jarayonida bugungi va ertangi kelajagini yanada mustahkamlash istiqbollari to‘g‘risida fikr – mulohazalar olib borildi.
Institut rahbariyati tomonidan ilmiy tadqiqotchilarga tegishli ko‘rsatma va metodik tavsiyalar berildi.
420