Yangiliklar

Bekobod shahar kasb-hunar maktabida “Metallurgiya va Konchilik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha respublika o‘quv-metodik birlashmaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-aprel kuni Bekobod shahar kasb-hunar maktabida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 26-martdagi buyrugʻi asosida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Pedagogik innovatsiyalar instituti tashabbusi bilan “Metallurgiya va Konchilik ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv-metodik birlashmaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi U.Tuxtayev ochib berdi. Yig‘ilishni Oliy va o‘rta maxsus vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassisi-mas’ul kotib Javohir Otayarov olib bordi. Uchrashuvda yirik tashkilotlar-Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Uzmetkombinat AJ xodimlari, oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan prorektor va professor oʻqituvchilar shuningdek, Professional taʼlim muassasalari rahbarlari hamda hududiy OAV ishtirok etdilar.

Yig'ilish davomida 2 asosiy vazifa ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘grisida”gi PF-60-sonli Farmonida ko‘rsatilgan “Mis sanoati klasterini tashkil etish” vazifasi hamda Professional taʼlim dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv soʻngida yirik tashkilot vakillari, OTM xodimlar hamda PTM rahbarlari Mis sanoati klasterini tashkil etish va taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.

Yigʻilishdan soʻng Institut mutaxassislari J.Otayarov va M.Ubaydullayevlar Bekobod shahar kasb-hunar maktabi pedagoglari uchun PTM oʻquv-meʼyoriy hujjatlariga oid seminar-trening oʻtkazdilar.

441