Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2022-yil uchun tasdiqlangan Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq navbatdagi Namunaviy ochiq dars 15-aprel kuni soat 12:00 da “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.Mirzaaxmedova tomonidan Katta ustalar guruhida “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Namunaviy ochiq dars kuzatuvida Institut direktori o‘rinbosari A.Jalolov, Innovatsion ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri B.Shoyqulov, bo‘lim boshlig‘i F.Masavirov, bosh mutaxassis X.Sultanova, o‘qituvchilardan B.Haydarov, A.Axunjonov, K.Umataliyeva va G.Kadirovalar ishtirok etdilar.