Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” “Mutluluk kaynag’i” MChJ bilan hamkorlikda markazning 14 nafar ta’lim oluvchilari, Toshkent shahri (Tashkent city) da joylashgan 28 qavatli “Aloqa bank”ning yangi binosi qurilishida ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashmoqda.
Amaliyot o‘tovchilar 2 mln so‘m miqdorda maosh olishmoqda hamda qurilishning zamonaviy sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar.
463