Yangiliklar

“Barkamol avlod – 2021”: Buxoroliklar sovrindorlar safida

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2021” sport musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqalar sportning 12 ta turi (badminton, basketbol, belbog‘li kurash, voleybol, gandbol, dzyudo, yengil atletika, kurash, stol tennisi, futbol, shaxmat, shashka) bo‘yicha o‘tkazilib, avvalgilaridan farqli o‘laroq  musobaqalarning final bosqichlari respublikamizning barcha hududlarida sport turlari bo‘yicha navbatma-navbat tashkil etildi.

Musobaqalar yakuni bo‘yicha Buxoro viloyati professional ta’lim muassasalari tomonidan tashkil qilingan jamoa uchinchi o‘rinni egalladi.

401