Joriy yilning 16-iyun kuni “Barkamol avlod - 2021” sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Samarqand viloyat sportchilari jamoasi Ko‘ksaroy maydonida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev va boshqa mas’ullar hamda sportchi yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Xabaringiz bor, 2021-yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod-2021” sport o‘yinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi.
O‘tgan davr mobaynida mazkur musobaqaning final bosqichi dasturidan o‘rin olgan 15 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning respublika final bosqichi doirasida basketbol (o‘g‘il-qizlar), voleybol (o‘g‘il-qizlar), gandbol (o‘g‘il-qizlar), futbol, dzyudo, kurash, yengil atletika, belbog‘li kurash, stol tennisi, kurash, badminton va shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada tashkillashtirilib o‘tkazildi.
Hammamizga ma’lumki, 15 ta sport turidan o‘tkazilgan “Barkamol avlod-2021” sport o‘yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududdan ya’ni Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan terma jamoalar ishtirok etishib har bir musobaqa davomida to‘plagan ochkolari hisobiga ko‘ra umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hudud aniqlandi.
O‘tkazilgan 15 ta sport musobaqalari yakuniy natijalariga ko‘ra Samarqandlik sportchilar 158 ochko bilan mutloq 1-o‘rinni qo‘lgan kirtishdi. Viloyat sportchilari basketbol, gandbol, kurash, dzyudo, voleybol, stol tennisi, kurash, shashka va badminton sport turlaridan o‘tkazilgan musobaqalarda umumjamoa hisobida 1 marta chempionlikni, 3 marta 2-o‘rinni va 5 marta 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Ma’lumot uchun jadvalning ikkinchi o‘rinida 155 ochko bilan Xorazm viloyati vakillari joy olgan. Xorazmlik sportchilar o‘tkazilgan musobaqalarda 3 marta ikkinchi, 3 marta uchinchi va yana 2 marta to‘rtinchi o‘rinlarni egallashgan.
Jadvalning uchinchi o‘rinini Buxorolik o‘quvchi-yoshlar band etib, 131 ochko jamg‘argan. Buxoroliklar yengil atletika va kurash turlari bo‘yicha o‘tkazilgan har ikki musobaqada chempionlikni tantana qilishgan, shuningdek, ular bir marta ikkinchi va bir marta uchinchi o‘rin bilan taqdirlanishgan.
Xabaringiz bor kuni kecha poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida “Barkamol avlod – 2021” sport musobaqalari yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati jamoasi mutloq 1-o‘rinni egallaganligi munosabati bilan “Prezident sovg‘asini” tantanali topshirildi.
473