Yangiliklar

“WorldSkills Uzbekistan” eksperti sertifikatini topshirish marosimi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti Worldskills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga Worldskills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi.

Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan.

Ishtirokchilar 8 kun davomida Worldskills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, Worldskills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, Worldskills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi.

Worldskills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda Worldskills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi.

Worldskills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi.

 

Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi

https://t.me/professional_talim_namangan

329