Yangiliklar

Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 11-iyun kuni Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida “Qurilish sohasida bunyodkorlik ko‘lami va uning istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” xodimlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va professor o‘qituvchilari hamda Respublikamizdagi qurilish sohasiga oid professional ta’lim muassasalari rahbarlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Tuxtayev boshchiligida viloyat professional ta’lim muassasalari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Konferensiyaga taqdim etilgan 43 maqola 3 sho‘bada mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Asosiy maqsad zamonaviy binolarni barpo etish texnologiyalari va arxitektura sohasi istiqbolida professional ta’limning o‘rniga qaratildi.

427