Joriy yilning 9-iyun sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent viloyati Olmaliq tumanida joylashgan oliy va professional ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
Dastlab, vazir Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo‘lib, muassasa faoliyati, asosiy o‘quv binosini ta’mirlash hamda 500 o‘rinli talabalar turar joyi loyihalari bilan tanishdi.
Keyingi manzil Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali bo‘ldi.
Bundan tashqari, kunning ikkinchi yarmida Olmaliq kon-metallurgiya kollejida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Kollej rahbari tomonidan bugungi kunda ta’lim muassasasida 22 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 842 nafar o‘quvchiga 42 nafar pedagog kadr tahsil berayotgani aytib o‘tildi.
Muassasa mas’ullari va o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolari, kollejni rivojlantirish bo‘yicha takliflari tinglandi. Ularga yechim va tavsiyalar berilib, mavjud masalalar yechimi shaxsan vazir tomonidan nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
Hurmatli Abduqodir Hamidovich, siz kollejimizga kelib, uning faoliyatiga qiziqish bildirgan, u bilan tanishish, mavjud muammolariga yechim, takliflarimizga quloq tutib, ularga munosabat bildirgan birinchi vazir bo‘lasiz, – dedi muassasa rahbari.
Manba: https://t.me/eduuz/9124
383