Oliy va professional ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi vacancy.edu.uz sayti orqali 3 ta kasb-hunar maktabi direktori lavozimiga tanlov e’lon qilindi.
Tanlov natijalariga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Qodirov Ilhomjon Kamoliddinovich – Shahrixon tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori; Akbarov Azizbek To‘lanovich – Oltinko‘l tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori lavozimiga; Karimov Ziyobiddin Tojiddinovich – Shahrixon tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
Manba: https://t.me/eduuz/9086
371