Uzun tumani 2-son kasb-hunar maktabida Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan professional ta’lim muassasalari o‘rtasida “Kasb mahorati” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirni Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i R.Salomova ochib berdi.
1.Sartaroshlik
2. Oshpaz qandolatchi
3. Tikuvchi
4. Payvandlovchi
5. Avtomobillarni ta’mirlash chilangari
6. Traktorchi-mashinist
7. Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
8. Elektromontyor
8 ta yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik tanlovga viloyat professional ta’lim muassasalarining 28 ta kasb-hunar maktablarining “Kasb-mahorati” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda ko’rik tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar estalik sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.
509