Yangiliklar

Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yevropa Ittifoqini O‘zbekistondagi Elchisi Sharlota Adrian xonim, loyihani amalga oshirayotgan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchisi janob Aleksanros Makarigakis, loyihani hamkorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring birinchi o‘rinbosari, loyihani Boshqaruv ko‘mitasi Raisi – K.X.Karimov professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi haqida ma’ruza qildilar.

Loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan va qiymati 9,6 mln. yevroni tashkil etadi. Loyihaning maqsadi Qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya kollejlarini qishloq joylarida malakali boshqaruv va ta’lim berish va zamonaviy texnologiyalar va o‘qitish va o‘qitish usullaridan foydalanish bilan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida 2021 yilda loyiha tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilgi ish rejasi va budjetini tasdiqlashda masalalari ko‘rib chiqildi va ishtirokchilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.  

Kelgusida 2022 yil ish rejasida belgilangan vazifalarni belgilangan muddatlarda hamkor tashkilotlar bilan ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan kelishib olindi.

601