Yangiliklar

Norin tuman pedagogika kollejida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

 

Ushbu tadbirda Norin tumanidagi mavjud 43 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari ishtiroki taʼminlandi.

Tadbirda ishtirok etgan 11-sinf bitiruvchilari kollejda kasb yoʻnalishlari bilan birgalikda bevosita nazariy va amaliy mashgʻulotlar jarayonlari bilan tanishishga musharraf boʻldilar.

Ushbu tadbirda 2021-2022-oʻquv yili “Maktabgacha taʼlim” va “Musiqiy taʼlim” yoʻnalishdagi bitiruvchilari oʻzlarining sahna koʻrinishlari bilan tadbirning yanada qiziqarli hamda mazmunli boʻlishini taʼminladilar.

2022-2023-oʻquv yili qabuli uchun targʻibot-tashviqot ishlari taʼlim muassasasi tomonidan davom ettirilmoqda.

410