Yangiliklar

Professional taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganilmoqda

Ayni kunlarda manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida hududlardagi professional taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganilmoqda.

Mazkur jarayonlarda professional taʼlim muassasalarining mavjud quvvatlardan foydalanish samaradorligi, ish beruvchilar bilan oʻrnatilgan hamkorlik, amaliyot oʻtash uchun yaratilgan sharoitlar hamda 2022/2023 oʻquv yili qabuliga tayyorgarlik holati kabi qator masalalarga eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan kasb va mutaxassisliklarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlariga va ish oʻrinlariga mosligi ham oʻrganilmoqda.

Mazkur jarayonlarda ishchi guruh tarkibida Buxoro viloyatidagi professional taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganayotgan Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini aniqlash maqsadida oʻtkazilayotgan nazorat ishlari va soʻrovnomalarning oʻtkazilish jarayonlarini ham kuzatib borishdi.

Manba : https://tdi.uz/uz/news/4989

334