Xabaringiz bor joriy yilning 29-30-mart kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Worldskills Uzbekistan-2022” - Ishchi kasblar bo'yicha 3-Milliy chempionati o‘tkazilgandi.
Mazkur chempionat yakunida jami 8 ta yo‘nalishdan 5 ta yo‘nalishda 6 ta Professional ta’lim muassasalarining 6 nafar o‘quvchilari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashgandi.
Musobaqa g‘oliblari va ekspertlarini joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahridagi “Ishga marxamat” monomarkazida “Worldskills Uzbekistan-2022” ishchi kasblar bo‘yicha o'tkazilgan Milliy chempionatining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.