Yangiliklar

Qo‘qon tibbiyot kollejida Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari tomonidan “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi

2022-yil 25-mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon tibbiyot kollejida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutaxassislari  M.Amanova, B.Sharipov va E.Jumadullayevalar tomonidan Farg‘ona viloyatidagi Professional ta’lim muassasalarining uslubchi, tajribali o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

O‘quv-uslubiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentyabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 465-sonli buyrug‘i talablari asosida  “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish” mavzusida tashkil etildi.

O‘quv-uslubiy seminarga 245 nafar uslubchi, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etishdi. Seminar nazariy va amaliy qismda o‘tkazildi. Seminar yakunida seminar ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

510