Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 16-martdagi 22-sonli "Professional ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil etish to‘g’risida"gi buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 24-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari hamda viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi uslubchilari tomonidan Navoiy yuridik texnikumida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.
Semenardan ko'zlangan asosiy maqsad: Navoiy viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqishni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish ishlarni tashkil etish.
Hamkor tashkilotlar: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti, OAV.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti mutaxasislari Ilhom Sharipov va Javohir Otayarovlar tomonidan tayyorlab kelingan ma'ruzadan seminar ishtirokchilari sohaga oid ko‘plab yangiliklarni o‘zlashtirib olishdi.
O‘quv-uslubiy seminar o‘tkazilgan kunning ikkinchi yarmida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida viloyatdagi 52 nafar tajribali mutaxassislar kichik guruhlarga bo‘linib, amaliy mashgulotlar o‘tkazildi.
O‘quv-uslubiy seminar ishtirokchilari o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.
Manba: Navoiy professional ta’lim yangiliklari kanali
469