Joriy yilning 17-mart sanasida Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida turli o‘quv tadbirlarni o‘tkazish maqsadida German Sparkassenstiftung tashkiloti tomonidan jihozlangan o‘quv-seminar xonalarini rasmiy ochilish tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-seminar xonalarini rasmiy ochilish marosimida “German Sparkassenstiftung for International Cooperation”ning O‘zbekistondagi vakillari Matias Vangler, Falko Xaydrix, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘tkirjon Alijonov, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev va institut mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Deutsche Sparkassenstiftung o‘rtasida tuzilgan uzoq muddatli hamkorlik doirasida amalga oshirildi.
Shu o‘rinda Deutsche Sparkassenstiftung tashkiloti haqida qisqacha ma’lumot. Bonn shahrida joylashgan Deutsche Sparkassenstiftung xalqaro rivojlanish hamkorligi bo‘yicha Germaniyaning Sparkassen-Finanzgruppe (Shparkasselar moliyaviy guruhi)ning notijorat tashkiloti hisoblanadi. 1992-yilda tashkil etilganidan beri Deutsche Sparkassenstiftung maqsadli guruhlari quyi va o‘rta daromadli qatlamlar, shuningdek eng kichik, kichik va o‘rta tadbirkorlik tashkilotlar bo‘lgan moliya muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Deutsche Sparkassenstiftung mahalliy va mintaqaviy moliya tuzilmalarini kuchaytirish orqali aholining kam ta’minlangan qatlamlari, shuningdek mahalliy kichik va o‘rta tadbirkorlik tashkilotlari uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi va ko‘plab mamlakatlarda ish o‘rinlari yaratilishiga hamda shu bilan birga daromadlarning ko‘payishiga yordam beradi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va German Sparkassenstiftung for International Cooperation o‘rtasidagi hamkorlikda “Mas’uliyatli moliya” loyihasi O‘quv fondini tashkil etish hamda uni moliyalashtirish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. O‘quv fondini tashkil etishdan maqsad turli moliyaviy xizmatlardan samarali va mas’uliyatli foydalanish uchun potensial foydalanuvchilarga bilim va ko‘nikmalar berish, pedagoglar hamda o‘quvchi (talaba)larni tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishdir.
394