Yangiliklar

Buxorodagi professional ta’lim muassasalari o‘rganildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov hamda vazirilik mas’ullari tomonidan Buxoro viloyatida professional ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan o‘rganildi. 

K.Karimov dastlab, Buxoro neft va gaz sanoati kollejida bo‘lib, o‘quvchilar kasb-hunar sirlarini o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda, ular bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, muammolar, chet-tillarini o‘zlashtirish imkoniyatlari, kelajakdagi maqsadlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Buxoro shahridagi PTMlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, hududdagi korxona va tashkilotlarning real ehtiyojlarini inobatga olib, sifatli kadrlar tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Direktorlarning taklif va muammolari tinglandi. 

Shuningdek, o‘rganish davomida kollejda viloyatdagi PTMlari o‘quvchilari ishtirokida tashkil qilingan "Zakovat" intellektual o‘yini yakuniy natijlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandi. 

Shundan so‘ng, mutasaddilar Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lishdi. Kasb-hunar maktabining direktori O.Baqoev muassasaning hozirgi faoliyati hamda kelgusidagi rejalari bo‘yicha taqdimot qildi. 

Mazkur ta’lim muassasasida Vobkent, Shofirkon, Peshko‘ tumanlarining PTMlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalar to‘g‘risida to‘xtalindi.  

Bundan tashqari, kasb-hunar maktabining axborot-resrurs markazi faoliyati o‘quvchilarning qamrab olingaligi darajasi o‘rganildi. Mazkur ta’lim muassasaci faoliyatini respublika bo‘yicha barcha kasb-hunar maktablariga namuna qilib ko‘rsatish tavsiya qilindi. 

536