Yangiliklar

Birinchi test yilida Fransiyada O‘zbekistondan o‘n nafar talaba bepul o‘qiydi

Turizm va madaniy meros vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Fransiyaning Parij va Ruan shaharlarida bo‘lib turibdi.

Buxoro delegatsiyasi va Ruan Normandiya universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlik shartnomasi doirasida birinchi test-yilda  Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumidan o‘qishga boradigan 10 nafar talabaning hujjatlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ruan Universitetida ta’lim olish 15000 yevroni tashkil etib, bizning talaba yoshlarimiz uchun o‘qish mutlaqo bepul bo‘ladi. Faqatgina universitetga kirish uchun to‘planadigan hujjatlar xarajati, ya’ni 270 yevro va kichik xarajatlarnigina to‘lash kerak bo‘ladi xolos.

Shunday qilib, Fransiyaga borgan talaba bir yilda o‘qish rasmiyatchiligi uchun bir marta, jami 300 yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Talabalar sentabrdan-yanvarga qadar 450 soat dars o‘qishadi, fevral boshidan esa amaliyotga chiqishadi. Bundan tashqari, Fransiya qonunchiligiga ko‘ra amaliyot o‘tayotgan talabaga kamida 700 yevro oylik maoshi to‘lanadi. 

Shu bilan birga har bir o‘zbek talabasiga 2 nafar, 1 universitet xodimi va 1 fransuz talabasi , bevosita barcha rasmiyatchiliklar va Universitetda o‘qishga ko‘maklashish hamda ko‘nikishi uchun biriktiriladi.

Manba: uza.uz

332