Yangiliklar

Samarqand va Toshkent shaharlarida xalqaro seminar-trening o‘tkaziladi

Joriy yilning 9-18-mart kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligi hamkorligida Orta Osiyoda professional talim – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqish sohasida tizimli yondashuvlarga komak hamda “Professional ta’lim tizimida kаdrlаr tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv mе’уоriу asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyihalari doirasida Dual talim dasturlari doirasida oqitish jarayonini samarali rejalashtirish va boshqarish mavzusida seminar-trening оtkaziladi.

Seminar-treningda “O‘rta Osiyoda professional ta’lim Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqish sohasida tizimli yondashuvlarga ko‘mak” loyihasining xalqaro ekspertlari, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash vа ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari, Samarqand va Toshkent viloyatlari dual ta’lim yo’lga qo’yilayotgan professional ta’lim muassasalari hamda ularning hamkor korxonalari mas’ul mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Seminar-treningni о‘tkazishdan maqsad professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim jarayonida faol ishtirok etuvchi mas’ul mutaxassislar, shuningdek hamkor korxonalar xodimlarini dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni ta’lim jarayoniga vа amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat.

371