Yangiliklar

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan Pedagogik innovatsiyalar institutida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 7-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bayram tadbirini institut direktori Z.Xudayberdiyev ochib berdilar va institut xotin-qizlariga o'z bayram tabriklarini bildirib, ularning mashaqqatli faoliyatlarida omadlar tiladilar. Shundan so‘ng institut malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Shukurov va "Ta’limda boshqaruv" kafedrasi professori A.Avliyakulovlar ham tadbirda ishtirok etayotgan ayollarga ezgu tilaklarini bildirdilar.

327