Yangiliklar

Traktorchi yoshlar safi kengaymoqda Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, IIB va YHXB lari bilan hamkorlikda Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida “O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishda ustoz-shogird an’analarini joriy etishning samarali yo‘llari” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalarida traktorchi-mashinist kasbi bo‘yicha mutaxassislar hamda “B” va “BC” toifali haydovchilarni tayyorlash, shuningdek “Tikuvchi”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari”, “Elektrik”, “Elektrogazpayvandlash” va “Asalarichi” kasblari bo‘yicha o‘quv amaliyotlarni o‘qitish, shu bilan bir qatorda, ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik borasida tajribalarni viloyatdagi barcha professional ta’lim muassasalariga ommalashtirishdan iborat.

Seminarda avtomobil va traktor hamda qishloq xo‘jalik texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ishlovga tayyorlash o‘quv amaliyotlari, kasb-hunar maktabining o‘quv tajriba maydonida traktorlarni boshqarish va ekin maydonlariga agrotexnik ishlov berish, shuningdek, avtodromda avtomobilni mustaqil ravishda boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur seminarga viloyatdagi 62 ta professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ularning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga qarashli tumanlardagi texnika nazorati inspektorlari ishtirok etishdi.

Seminar kun tartibiga ko‘ra:

  • “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha traktor kultivatori va shablonda o‘quvchilar agrigatlarni rostlash ishlarini mustaqil bajardi;
  • shuningdek, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha o‘quvchilar traktorlarni boshqarish va ekin maydonlariga agrotexnik ishlov berish bo‘yicha amaliy ishlarni mustaqil bajardilar;
  •  “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha o‘quvchilar avtodromda avtomobilni mustaqil ravishda boshqardilar;
  • shuningdek, “Avtomobillarni ta’minlash chilangari” kasbi bo‘yicha haydovchilarini o‘qitish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borilishi, yo‘l xarakati xavfsizligi qoidalari, avtotrenajorda va avtomobillar tuzilishi hamda avtotest bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining borishi namunali dars sifatida ko‘rsatildi;
  • “Tikuvchi” kasbi bo‘yicha o‘quv ustaxonasida erkaklar pidjagini bichish va tikish jarayonlari amaliy mashg‘ulot davomida ko‘rsatildi;
  • “Asalarichi” kasbi bo‘yicha dala maydonida o‘quv amaliyot jarayonlari tashkil etildi;
  • “Elektrik” kasbi bo‘yicha o‘quvchilar elektr montaj qilish ishlarini amalda ko‘rsatdilar;
  • Shu bilan birga, “Elektrik” kasbi bo‘yicha o‘quvchilar simyog‘ochda elektr simlarini “montaj” qilish jarayonlarini bajardilar;
  • “Elektrogazpayvandlash” kasbi bo‘yicha o‘quv ustaxonasida namunali amaliyot darsini ishtirokchilar bevosita kuzatdilar.

 

Manba: edu.uz

585