Yangiliklar

Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

Farg‘ona viloyatidagi kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini bandligini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona tumanidagi 1-va 2-son kasb-hunar maktablarining “Tikuvchilik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilari joriy yilning 26 yanvar kuni Farg‘ona tumanining Log‘on qishlog‘ida joylashgan “BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL” masulyati cheklangan jamiyatning tikuv tirikotaj fabrikasida bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini mazkur korxonada o‘tash bilan birga ishga joylashtirish bo‘lib, ushbu masalada korxona raxbariyati bilan o‘zaro fikr almashildi va shartnomalar tuzishga kelishib olindi.

Manba: https://t.me/Fareduz

480